Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamol Qoshiqchining o‘g‘li oilasi bilan AQShga jo‘nab ketdi

Foto: AFP 2018 / Ozan Kose
Vahshiyona o‘ldirilgan saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining to‘ng‘ich o‘g‘li Saloh va uning oilasi Saudiya Arabistonidan AQShga jo‘nab ketdi. Bu haqda Human Rights Watch huquqni himoyalash tashkiloti vakili Sara Li Uitson ma'lum qildi.
“Yaxshi yangiliklar: Jamol Qoshiqchining o‘g‘li Saloh va uning oilasi AQShga jo‘nab ketdi”, deb aytdi Uitson. Ularga nisbatan avvalroq kiritilgan tashqariga chiqish taqiqlovi bekor qilingan.
CNN telekanalining ma'lum qilishicha, Salohda Amerika va Saudiya fuqaroligi bor, biroq unga Saudiya Arabistonidan chiqishga ruxsat berilmagani sababli qirollikni tark eta olmagan.
23 oktabrda Saudiya Arabistoni qiroli va valiahd shahzodasi Ar-Riyoddagi qarorgohida Qoshiqchining yaqinlariga hamdardlik bildirish maqsadida jurnalistning o‘g‘lini qabul qilgandi.
Mavzuga oid

16:30
Tramp ma’muriyati Ozarboyjon va Markaziy Osiyoni «Ibrohim kelishuvlari»ga qo‘shmoqchi. O‘zbekiston TIV izoh berdi

13:22
Germaniya AQSh bilan kelishilgan holda Ukrainaga ikkita Patriot'ni beradi

12:49
AQSh senatorlari Ukrainaga 55 mlrd dollar ajratishni taklif qildi

11:56