Facebook Trampning muhojirlar karvoni haqidagi videosini tarqatishdan bosh tortdi

Foto: Bridget Bennett | Bloomberg | Getty Images
Facebook ijtimoiy tarmog‘i AQSh prezidenti Donald Trampning AQSh chegaralariga yo‘l olayotgan muhojirlar karvoni haqidagi saylovoldi roligini pullik tarqatishni taqiqladi.
Ijtimoiy tarmoqda bu video Facebook’da reklama joylashtirish qoidalarini buzishi aytilgan. “Bu rolik Facebook’da postlanishiga qaramay, u pullik tarqatila olinmaydi”, deyilgan kompaniyada.
3 noyabrda AQSh prezidenti o‘g‘li Kichik Donald Tramp Facebook’da muhojirlarga AQShga tushishga xalaqit qilish uchun saylovlarda Respublikachilar partiyasiga ovoz berish kerakligi haqidagi reklamani joylashtirgan. Videoda AQShda 2 politsiyachini o‘ldirganlik uchun jazolangan noqonuniy muhojir ham ko‘rsatilgan.
CNN refused to run this ad... I guess they only run fake news and won’t talk about real threats that don’t suit their agenda. Enjoy. Remember this on Tuesday. #vote #voterepublican pic.twitter.com/VyMm7GhPLX
— Donald Trump Jr. (@DonaldJTrumpJr) November 3, 2018
Kichik Tramp CNN ushbu rolikni efirga uzatishdan bosh tortganini ma'lum qilgan. “Ko‘rinishicha, faqat soxta yangiliklarni ko‘rsatishadi va o‘zlariga to‘g‘ri kelmaydigan real muammolar haqida gapirishni istashmaydi”, deb izoh bergan Tramp bu holatga. CNN’da esa reklamani irqiy deb hisoblab, uni berishdan bosh tortganlari aytilgan. Keyinroq bu rolikni ko‘rsatishdan NBC va Fox News telekanallari ham bosh tortgan.
Mavzuga oid

16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda

16:31 / 28.04.2025
Umraga oid reklama qonunchiligini buzganlar jazolandi

23:07 / 17.04.2025
AQSh sudi Googleʼni onlayn reklama bozorida monopolist deb topdi

08:40 / 26.03.2025