MH17 halokati qurbonlarining qarindoshlari Trampdan Putinni «tavba qilishga» ko‘ndirishga chaqirishdi

Foto: RIA Novosti
Malayziyaning Boing samolyoti halokati qurbonlarining oilalarini birlashtiruvchi ishchi guruh AQSh prezidenti Donald Trampga maktub bilan murojaat qildi.
Murojaatda Trampdan Vladimir Putinni Donbass osmonida yo‘lovchi samolyotining halokatga uchrashi haqida batafsil ma'lumotlarni e'lon qilishga ko‘ndirish so‘ralgan hamda «tavba qilishning kechi yo‘qligi» ta'kidlangan.
Trampga yo‘llangan maktubda halok bo‘lganlarning qarindoshlari Moskvaning pozitsiyasini «voqea to‘g‘risidagi haqiqatni yashirishga urinish» deb baholashgan hamda bu holatni Ar-Riyodning jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limida o‘zini tutishi bilan qiyoslashgan.
«Siz yaqinda janob Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishini "tarixdagi eng yomon haqiqat yashirish" deb atadingiz. Barcha faktlarni bilmasligimizni tan olgan holda aytamizki, siz haqqa o‘xshaysiz. Va biz MN17 bortidagi 298 kishining o‘ldirilishini ham Qoshiqchi o‘ldirilishi bilan bir toifada turadi deya olamiz», deyiladi maktubda.
To‘rt yildan buyon olib borilayotgan tergovning rasmiy xulosasiga ko‘ra, 2014 yil iyulda Donbass osmonida MN17 samolyotini urib tushirgan BUK majmuasi raketasi Rossiyada ishlab chiqarilgan. Rossiya rasmiylari fojiaga aloqadorligini rad etib kelmoqda va Boing ukrain harbiylari tomonidan urib tushirilganini bildirmoqda.
Mavzuga oid

13:54
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

13:55 / 25.04.2025
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti

19:18 / 09.04.2025
Trampning harakatlari neft narxini 2021 yil fevraldan buyon eng past darajaga tushirdi - Reuters

22:09 / 14.02.2025