Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelani 3 yil ichida 3 mln kishi tark etdi

Foto: Martin Mejia / AP Photo
Venesueladagi iqtisodiy va siyosiy inqiroz sababli mamlakatni tark etayotgan venesuelaliklar soni 2015 yildan beri 3 mln nafarga yetdi.
BMTning qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi vakili Uilyam Spindlerning ma'lum qilishicha, zo‘ravonlik, giperinflyatsiya hamda oziq-ovqat va dori-darmon yetishmasligidan qochayotgan venesuelaliklar emigratsiyasi oxirgi 6 oy ichida keskin oshdi.
Spindlerning ta'kidlashicha, 2,6 mln venesuelalik qo‘shni davlatlarga qochgan. Bu davlatlar hukumatlari Janubiy Amerika tarixidagi eng katta ko‘lamli migratsiya jarayonini uddalashga urinishmoqda.
“Venesuelaliklarning asosiy oqimini Kolumbiya va Peru qabul qilmoqda”, deb ma'lum qildi Spindler. Uning aytishicha, Kolumbiya 1 mln venesuelalikni qabul qilgan va bu davlatga har kun yana 3 mingga yaqin venesuelalik kelishda davom etmoqda.
O‘z navbatida Kolumbiya hukumati 2021 yilgacha venesuelalik qochqinlar soni 4 mlngacha yetishi, bu esa mamlakat g‘aznasiga 9 mlrd dollarga aylanishi mumkinligini ta'kidlamoqda.
Mavzuga oid

18:34 / 26.07.2025
AQSh Venesuela prezidenti Maduroni narkokartel rahbari deb atadi

20:31 / 02.07.2025
Rossiya Venesuelada qurol va o‘q-dori ishlab chiqaradigan zavod ochdi

07:51 / 28.06.2025
Kolumbiyada yuz bergan ko‘chki oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

23:02 / 12.06.2025