Kim Chen In Seuldan sovg‘a sifatida olingan 200 tonna mandarinni aholiga tarqatish haqida buyurdi

Foto: REUTERS
KXDR yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya tomonidan sovg‘a sifatida olingan 200 tonna mandarinni odamlarga tarqatish haqida topshiriq berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Mevalar Pxenyandagi maktab o‘quvchilari, bolalar va boshqa aholiga tarqatiladi.
Shuningdek, Kim Chen In Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inga mandarinlar uchun minnatdorlik so‘zlarini yetkazib qo‘yishni so‘ragan.
Avvalroq, Janubiy Koreya hukumati Shimoliy Koreyaga ikki tonna yovvoyi o‘sadigan qo‘ziqorinlardan iborat sovg‘aga javoban 200 tonna mandarin yuborgandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Shimoliy Koreya ballistik raketalar dasturi ustida ishlashni davom ettirayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

10:16 / 08.04.2025
Kim Chen In Shimoliy Koreyada ilk kompyuter o‘yinlari klubini ochib berdi

18:01 / 21.03.2025
Pxenyan yangi turdagi zenit-raketa tizimini sinovdan o‘tkazdi

15:31 / 09.02.2025
Kim Chen In Rossiya armiyasining «adolatli ishini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini» aytdi

22:10 / 29.01.2025