Ayol kishi Grozniydagi nazorat-o‘tkazish punktida o‘zini portlatdi

Foto: RIA Novosti / Said Tsarnayev
Grozniyning Staropromislovsk rayonidagi nazorat-o‘tkazish punktida noma'lum ayol o‘zini portlatdi, deb ma'lum qildi Checheniston ichki ishlar vazifasini bajaruvchi politsiya generali Apti Alaudinov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 16 atrofida ayol 21-federal politsiya postiga yaqinlashgan. Uning shubhali xatti-harakatini payqagan huquqni muhofaza qilish organi xodimlari ayoldan to‘xtashini va hujjatlarini ko‘rsatishini so‘rashgan.

Alaudinovning ta'kidlashicha, ayol bu talabga bo‘ysunmagan va post tomon yurishda davom etgan. Huquqni muhofaza qilish organi xodimlari uning yonida qo‘lbola portlovchi qurilma borligini sezib qolishgan va havoga ogohlantiruvchi o‘q uzishgan, ayol esa o‘zini portlatgan.
Voqea oqibatida qurbonlar va yaradorlar bo‘lmagani ma'lum qilinmoqda.
Ayni vaqtda o‘zini portlatgan ayolning shaxsini aniqlash va uning ehtimoliy sheriklarini izlash choralari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

20:04 / 08.05.2025
Putin Ramzan Qodirovning iste’foga chiqishiga ruxsat bermadi

18:15 / 06.05.2025
Ramzon Qodirov o‘zini Checheniston rahbari lavozimidan ozod etishni so‘raganini aytdi

19:41 / 23.04.2025
Ramzon Qodirovning voyaga yetmagan o‘g‘li Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimini egalladi

08:29 / 09.04.2025