Jahon | 11:00 / 18.11.2018
23421
3 daqiqa o‘qiladi

Foto: Fransiyada «sariq liboslilar» namoyishi. Benzin narxi oshishiga javoban prezidentdan iste'fo talab qilindi

17 noyabr kuni Fransiya bo‘ylab benzin va dizel yoqilg‘isi uchun narxlar ko‘tarilishiga qarshi norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tdi. Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, norozilik namoyishlarida 282 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan.

Foto: AFP

Asosan transport sohasi xodimlari bo‘lgan kishilar «sariq jiletlar» kiygan holda mamlakatdagi yirik magistrallarni to‘sib qo‘yishgan.

Aktsiya ishtirokchilaridan biri halok bo‘lgan. Le-Pon-de-Bovuazenda qizini shifoxonaga olib ketayotgan ayol o‘z yo‘lini to‘sib chiqqan namoyishchilardan biri, 63 yoshli ayolni urib ketgan. Bundan tashqari, yo‘llarda shu kuni 227 kishi YTH oqibatida jabrlangan. Politsiya 52 kishini qo‘lga olgan.

«Sariq jiletlilar» harakati mamlakatning 600dan ortiq shahri va kommunalarida 2000dan ortiq tadbirlar tashkillashtirishgan. 

Namoyishchilar mamlakat prezidenti Emmanuel Makrondan iste'foga chiqishni talab qilishdi. Ular «xalq xafa ekani», ular «odamlar sog‘in sigir emasligi», soliqlarni oshirish kerakmasligini aytishmoqda. 

Foto: REUTERS

Miting ishtirokchilarini avtomobillar ham qo‘llab-quvvatlagan, yo‘llarga sariq rangli yopinchiqlar yopilgan avtomobillar chiqqan.

Ayni vaqtda Fransiyada A-95 benzin narxi 1 litri uchun 1,7 yevro, dizel yoqilg‘isining 1 litri esa 1,4-1,5 yevrodir. OAV ma'lumotiga ko‘ra, yil davomida benzin narxi 7-15 foizga oshgan, dizel yoqilg‘isi narxi 15-25 foizga qimmatlashgan.

Makronning aytishicha esa, Fransiyada ekologik toza yoqilg‘i va qayta tiklanuvchi energetika sohasi rivojlanishi uchun yoqilg‘i narxlari oshirilishi kerak. Hukumat neftga qaramlikni kamaytirish maqsadida yoqilg‘i narxlarini oshirib bormoqda.

Foto: AFP
Foto: REUTERS
Foto: REUTERS
Foto: REUTERS
Foto: AFP
Foto: AFP
Foto: REUTERS
Foto: REUTERS
Foto: AP
Foto: Getty Images
Foto: REUTERS
Foto: REUTERS
Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

 

Mavzuga oid