Jahon | 19:51 / 25.11.2018
4049
1 daqiqa o‘qiladi

Viber bir vaqtda bir milliard foydalanuvchi muloqot qila oladigan ilk messenjerga aylandi

Foto: vk.com / Prt Scr

Viber messenjeri bir vaqtda bir milliard foydalanuvchi muloqot qila oladigan guruh tashkil qilish mumkin bo‘lgan dunyodagi ilk tizimga aylandi. 

Bunday guruh chatiga havolaga bosish yordamida qo‘shilish mumkin. Yangi foydalanuvchi uchun guruhdagi barcha yozishmalar tarixi ochiladi.

Guruh ma'murlari xabarlarni saralash va moderatsiya qilish bilan shug‘ullanadilar. 

Qolgan messenjerlarda guruhdagi foydalanuvchilar soniga qat'iy cheklovlar mavjud bo‘lib, ular odatda bir necha ming kishilik guruhni tuzishga ijozat beradi.

Viber Communities deb nom olgan yangi funksiyadan hozirda iOS va Android’da ishlovchi qurilmalar egalari foydalanishlari mumkin.

Mavzuga oid