Xitoydagi “qayta tarbiyalash lagerlari”da 50 mingga yaqin qirg‘iz ushlab turilgani ma'lum qilindi

Foto: Bitter winter
Xitoyda yashovchi 50 mingga yaqin qirg‘iz “siyosiy qayta tarbiyalash lagerlari”ga zo‘rlik bilan jo‘natilgan. Bu haqda u yerda ushlab turilgan qirg‘izlarning huquqlarini himoyalovchi qo‘mita a'zosi Almanbet Osmonuulu ma'lum qildi.
Xitoy Sintszyan viloyatida “ekstremistlar” uchun mo‘ljallangan lagerlarning mavjudligini yaqindagina tan oldi. OAV va huquq himoyachilari bunday lagerlarda o‘n minglab uyg‘urlar zo‘rlik bilan ushlab turilganini ma'lum qilgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, bunday lagerlarga sud va tergovsiz “ekstremizm”da gumon qilingan minglab musulmonlar jo‘natiladi.
Osmonuuluning aytishicha, Xitoyda yashovchi va lagerlarga jo‘natilgan qirg‘izlar “dindan yiroqlar, dindorligi bilan ajralib turmaydi”. Uning ma'lum qilishicha, ushlangan qirg‘izlar orasida ziyolilar – olimlar, jurnalistlar bor.
Lagerlarda ushlanib turilganlar yaqinlarining fikricha, tarbiyalash lagerlarining maqsadi ekstremizmga qarshi kurash ko‘rinishi ostida turkiyzabon aholini assimilyatsiyalash (qorishtirib yuborish) hisoblanadi. “Bu lagerlar ta'lim beruvchi markazlar deb ataladi, aslida bunday emas. Bu lagerlarda kommunistik g‘oyalar suqishtiriladi, bo‘ysunmaslik uchun qiynoqlar qo‘llanadi”, demoqdalar ular.
26 noyabrda Xitoydan qaytgan 10 nafar etnik qirg‘iz qarindoshlarining Xitoyda qayerdaligini aniqlashda ko‘mak ko‘rsatishni so‘rab Qirg‘iziston prezidentiga murojaat qilishgan.
Mavzuga oid

08:20
Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi

17:55 / 25.04.2025
Xitoy AQShning ayrim tovarlariga nisbatan yuqori bojlarni bekor qilmoqda - OAV

13:32 / 25.04.2025
Apple AQSh bozori uchun iPhone ishlab chiqarishni Hindistonga ko‘chirmoqchi

21:11 / 24.04.2025