Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Beshinchi floti qo‘mondoni o‘z joniga qasd qilgan

Foto: REUTERS
AQSh Beshinchi flotining rahbari Skott Stirni Bahrayndagi qarorgohida o‘z joniga qasd qilgan. Bu haqda CNN telekanali harbiy-dengiz amaliyotlari boshlig‘i, admiral Jon Richardsonga asosan xabar bermoqda.
Uning qayd etishicha, hozirgi paytda qo‘mondonning o‘limi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmayapti.
Richardson ro‘y bergan hodisaning boshqa tafsilotlarini ochiqlamagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bahraynda AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Beshinchi floti qo‘mondoni Skott Stirni jonsiz holda topilgandi.
Stirni 1984 yildan harbiy uchuvchi bo‘lib xizmat qilgan. AQSh harbiy kontingentining Afg‘onistondagi faoliyatida ishtirok etgan. Beshinchi flotga 2018 yil mayidan qo‘mondonlik qila boshlagan. Bir qator medallar bilan taqdirlangan.
Bahrayn AQSh Beshinchi flotining asosiy joylashish punkti hisoblanadi.
Mavzuga oid

18:49
Tramp: agar neft narxi yana 10 dollarga tushsa, Putin odamlarni o‘ldirishni to‘xtatadi

11:15
Tramp Hindiston uchun bojlarni «sezilarli» oshirishga va’da berdi

08:09
Tramp ishi bo‘yicha sobiq prokurorga nisbatan tekshiruv boshlandi

23:06 / 04.08.2025