Peyjyerlar endi tarix bo‘lib qoladi

Foto: Fotolia
Yaponiyaning eng “keksa” telekommunikatsiya kompaniyasi Tokyo Telemessage peyjyerlarga xabarlarni yetkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni to‘xtatishini e'lon qildi.
1968 yilda Nippon Telegraph va Telephone Public Corp. yapon kompaniyalari matnli xabarlarni foydalanuvchilar qurilmalariga yo‘naltirish bo‘yicha xizmatni yo‘lga qo‘ygandi. Aynan 50 yil avval shu tariqa peyjyerlar paydo bo‘lgan.
Bu aloqa turi eng cho‘qqiga chiqqan vaqtda operatorlar 10 millionlab tuzilgan shartnomalar bilan maqtana olishgan. 1996 yilda Tokyo Telemessage 1,2 mln faol foydalanuvchidan iborat rekord darajadagi abonent bazasini qayd qilgan.
Kichik o‘lchamli qurilma 25 yil avval ko‘plab kishilar uchun o‘ziga to‘qlik va muvaffaqiyat ko‘rsatkichi hisoblangan.
Keyin esa internet, IM-messenjerlar va shularga o‘xshash aloqa turlari jadal rivojlana boshladi. Uyali aloqa va sms-xabarlar tobora faolroq qo‘llana boshlandi, telefon raqamiga bog‘langan messenjerlar paydo bo‘ldi.
Peyjyerlar esa tobora kamroq qo‘llana boshlandi, ushbu gadjyetlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar esa ularni ishlab chiqarishdan 20 yil avvaloq voz kechishgan. Hozirda peyjyer oz-moz qo‘llanadigan yagona soha – tibbiyot sohasi hisoblanadi. Chunki peyjyer smartfonlardan farqli, xabar qabul qilish vaqtida xalaqitlar hosil qilmaydi va o‘ta sezgir tibbiy qurilmalarga ta'sir qilmaydi.
Bugungi kunda peyjyerlardan dunyoda bor-yo‘g‘i 1,5 ming kishi foydalanadi. Bunday oz sondagi mijozlar sababli peyjing xizmatlarini ko‘rsatuvchi dunyodagi oxirgi kompaniya ushbu turdagi xizmatlarni taqdim qilishni to‘xtatishini ma'lum qildi. 2019 yil sentabrdan peyjyer batamom tarixga aylanadi.
Mavzuga oid

23:03 / 07.02.2025
Netanyahu Trampga peyjyer sovg‘a qildi. Livandagi operatsiyaga ishora o‘laroq

19:37 / 05.02.2025
Netanyahu Trampga ikkita peyjyer sovg‘a qildi

21:07 / 05.10.2024
Emirates yo‘lovchilarning samolyot bortiga peyjyer va ratsiyalar olib chiqishini taqiqladi

19:09 / 25.09.2024