Hasanboy Do‘smatov rossiyalik raqibini yengdi, Iqboljon Xoldorov yutqazdi

Foto: karate.ru
9 dekabr kuni boks bo‘yicha Rossiya terma jamoasi Jahon boks termasiga qarshi uchrashuv o‘tkazdi. Moskvadagi «Rossiya» davlat markaziy konsert zalida o‘tkazilgan bahslarda mezbonlar 6:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Jahon termasi safida o‘zbekistonlik uch nafar bokschi - Hasanboy Do‘smatov, Iqboljon Xoldorov va Lazizbek Mullajonov ishtirok etishdi.
52 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Hasanboy Do‘stmatov raqibi Tamir Galanovni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, -69 kg vazn toifasidagi Iqboljon Xoldorov Shaxabas Maxmudovga yutqazdi. Shuningdek, jahon termasi safida ishtirok etgan yana bir o‘zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullajonov (+91 kg) Ivan Veryasovdan mag‘lub bo‘ldi.
Boks bo‘yicha Rossiya termasi va Jahon termasi uchrashuvi. Natijalar:
- 52 kg: Tamir Galanov (Rossiya) - Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston)
- 57 kg: Albert Batirgaziyev (Rossiya) - Chatchay Butdi (Tailand)
- 63 kg: Aleksey Mazur (Rossiya) - Oganes Bachkov (Armaniston)
- 69 kg: Shaxabas Maxmudov (Rossiya) - Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston)
- 75 kg: Gleb Bakshi (Rossiya) - Osleys Iglesias Estrada (Kuba)
- 81 kg: Imam Xatayev (Rossiya) - Xulio Sezar de la Krus (Kuba)
- 91 kg: Muslim Gadjimagomedov (Rossiya) - Erislandi Savon (Kuba)
+91 kg: Ivan Veryasov (Rossiya) - Lazizbek Mullajonov (O‘zbekiston).
Mavzuga oid

09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)

10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi

08:07 / 06.04.2025
Bahodir Jalolov ukrainalik raqibni mag‘lub etdi

12:16 / 04.04.2025