Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Kerch bo‘g‘ozidagi voqea bo‘yicha ma'lumotlarni maxfiylashtirdi

Foto: life.ru
Ukraina mudofaa vazirligi Ukraina ommaviy axborot vositalariga Kerch bo‘g‘ozida noyabr oxirida ukrain kemalarining Rossiya suv hududiga noqonuniy kirib borishi bilan bog‘liq yuz bergan voqea bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim qilishdan bosh tortdi.
Ukraina mudofaa vazirligining harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni Igor Voronchenko tomonidan imzolangan javobida aytilishicha, jurnalistlar so‘ragan ma'lumot mamlakatning mudofaa sohasidagi davlat sirini o‘z ichiga oluvchi ma'lumot hisoblanadi.
Ukraina rahbariyati bungacha harbiy kemalarining Kerch bo‘g‘ozidan o‘tishi tinch missiya bo‘lganini ta'kidlab kelgan.
Rossiya tomonining fikricha, Ukraina ig‘vogar harakatlar sodir etgani fosh bo‘lishini istamayapti. Bu haqda Qrim jamoatchilik palatasi rahbari o‘rinbosari Aleksandr Formanchuk aytib o‘tdi.
«Ular ig‘vogar harakatlar nuqtai nazaridan ularni fosh qiladigan ma'lumotlarni oshkor qilmoqchimas. Ular tahlil nuqtai nazaridan Kiyev uchun yoqimsiz bo‘ladigan ma'lumotni yashirishmoqchi», deb aytgan Formanchuk.
Uning aytishicha, Kiyevning bu qarori katta ahamiyatga ega emas. «Biz Ukraina to‘laqonli flotga ega emasligini, harbiy-dengiz kuchlari yetarlicha jiddiy emasligini bilamiz. Biroq ular shu oz narsadan ham ig‘vo maqsadida faol foydalanishmoqda», deb izoh bergan Qrim vakili.
Mavzuga oid

15:28 / 01.08.2025
AQSh 8 avgustgacha Ukrainada tinchlik o‘rnatishga chaqirdi

09:42 / 01.08.2025
Kiyevda zarbaga uchragan uy xarobalari ostidan yana 11 kishi jasadi topildi

23:05 / 31.07.2025
AQSh Ukrainadagi urush qachon tugashi kerakligini belgiladi

22:53 / 31.07.2025