Jahon | 08:10 / 17.12.2018
3240
1 daqiqa o‘qiladi

Mey Brexit bo‘yicha yangi referendum o‘tkazish imkoniyatini baholadi

Foto: EPA/ANDY RAIN

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning fikricha, Brexit bo‘yicha yangi referendum Britaniya hukumati siyosatiga juda jiddiy zarar keltiradi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bu haqda Meyning Britaniya parlamenti jamoatlar palatasidagi rejalashtirilgan ma'ruzasi matnida aytiladi.

Uning fikricha, ikkinchi referendum saylovchilar ko‘z o‘ngida hukumatning «demokratiyani amalga oshirish» imkoniyatini so‘roq ostida qoldiradi.

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Brexit bo‘yicha yangi plebissit «Britaniyani yanada jiddiy ravishda bo‘lib yuboradi».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq leyboristlar yetakchisi Mey hukumatidagi «xaos» haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid