Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari qutqarildi

Foto: Qozog‘iston FVV
O‘zbekiston va Rossiya fuqarolari Qozog‘istonning Aqmola oblastida qutqarildi.
Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligining Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 18 dekabr kuni «Astana – Petropavlovsk» trassasining 195-kilometrida «Sariog‘och – Petropavlovsk» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlangan «Setra» rusumli avtobus buzilib qolgani haqida xabar kelib tushgan. Avtobusda O‘zbekistonning 14 nafar va Rossiyaning 2 nafar fuqarosi bo‘lgan, ularni xavfsiz joyga olib ketish talab etilgan.
Birjan sal tumanining qutqaruvchilari va tuman hokimligi xodimlari yordamida odamlar avtobusdan evakuatsiya qilindi va «Gazel» yo‘lovchi avtomobilida Bulandin tumanidagi Makinsk shahri temir yo‘l vokzaliga olib borib qo‘yildi.
Buzilib qolgan avtobus ta'mirlash uchun yaqin oradagi kempingga yetkazilgan.
Mavzuga oid

12:53 / 12.06.2025
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari boshlandi

00:00 / 10.06.2025
Navoiy viloyati uchun Xitoydan 60 ta avtobus olib kelindi

13:59 / 05.06.2025
Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobusda yong‘in chiqdi

20:22 / 29.05.2025