O‘zbekistonda bir kunda ikki ayol is gazidan vafot etdi
22 dekabr kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashagan F.A. (ayol) uyida temir idishga ko‘mir yoqib, nazoratsiz qoldirishi oqibatida ko‘mir isidan zaharlanib, kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, shuningdek, 22 dekabr kuni Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida yashagan, G.T. (ayol) isitish pechiga ko‘mir yoqib, nazoratsiz qoldirishi oqibatida ko‘mir isidan zaharlanib, voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda isitish pechidan sizib chiqqan gaz tufayli bir oilaning 5 nafar a'zosi zaharlangandi.
Mavzuga oid

10:29
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

12:43 / 24.04.2025
Rossiya fuqarolarining O‘zbekistondagi mehmonxonada zaharlanishi bo‘yicha tergov yakunlandi

12:03 / 04.04.2025
Qo‘qonda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan zaharlanib, vafot etdi

19:50 / 02.03.2025