«Inter» nishonidagi Modrich kelajak rejalari bilan o‘rtoqlashdi

Foto: Getty Images
«Real» yarimhimoyachisi Luka Modrich ayni shu klubda faoliyatiga nuqta qo‘yishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi. Uning so‘zlarini Goal nashri keltirib o‘tdi.
«Kareramni «Real»da yakunlashni maqsad qilganman va shuni qattiq istayapman. Hammasi shunday tugashi juda ajoyib bo‘lgan bo‘lardi. Ammo bunga erishish uchun yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatishda davom etishim kerak. Bu u qadar oson emas.
Bu mavsum «Real» uchun o‘yin sifatini yaxshilab olish muhim ahamiyatga ega, chunki barcha muvaffaqiyatlarimizdan so‘ng jamoa uchun qiyin davrni boshdan kechiryapmiz», – deb aytib o‘tdi Modrich.
Eslatib o‘tamiz, 33 xorvatiyalik futbolchiga «Inter» jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Mavzuga oid

09:45 / 25.05.2025
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi

20:38 / 22.05.2025
Modrich «Real»ni tark etadi

16:03 / 03.08.2019
Neymar uchun «PSJ»ga «Oltin to‘p» sohibi taklif qilindi

18:22 / 21.03.2019