Suriyani tark etayotgan amerikaliklar qurol-yarog‘ni kurdlarga qoldirmoqchi

Foto: Rodi Said / REUTERS
Pentagondagilar AQSh prezidenti Donald Trampga amerikalik harbiylar Suriyani tark etayotgani munosabati bilan qurollarni kurdlarga qoldirish bo‘yicha taklif kiritishmoqchi. Bu haqda Reuters agentligi bir necha manbasiga asoslangan holda xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishicha, kurdlarga qoldiriladigan qurollar ichida zirhli texnikalar hamda tanklar hujumiga qarshi raketalar ham mavjud. Bu taklif AQSh prezidenti tomonidan qanoatlantirilsa, Suriya shimolidagi kurdlarni terrorchilar sifatida qabul qiladigan Turkiya o‘z noroziliklarini bildirishi mumkin.
28 dekabr kuni Suriyadagi kurdlar muxtoriyati vakili Jyeyhan Ahmad ma'lum qildiki, kurdlar Suriya armiyasi bilan mamlakat shimolidagi hududlarni, jumladan Frot daryosining g‘arbiy qirg‘oqlarini Turkiyaning ehtimoliy hujumidan himoya qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Suriya Demokratik kuchlari» rasmiy Damashq bilan «Turkiyaning yo‘lini to‘sish» bo‘yicha hamkorlik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 19 dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp IShID ustidan to‘liq g‘alaba qozonilganini e'lon qilgan va amerikalik harbiylarga Suriyani tark etishga buyruq bergandi. Keyinroq u Suriyadagi jangarilar qoldiqlariga qarshi kurash Rossiya, Turkiya va Eron kabi mamlakatlar tomonidan olib borilishi kerakligini aytdi.
Mavzuga oid

20:28 / 24.04.2025
Britaniya Suriya vazirliklari va razvedka xizmatlariga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi

20:54 / 23.04.2025
Rossiya Bashar Asadni Suriyaga topshirishdan bosh tortdi

13:25 / 18.04.2025
NYT: AQSh Suriyadan 600 nafar harbiy xizmatchisini olib chiqib ketyapti

17:47 / 17.04.2025