Ekstremal sharoitda eng katta samolyotning xavfli qo‘nishi videoga olindi

Foto: Videodan kadr
Emirates aviakompaniyasi samolyoti kuchli shamol sharoitida Birmingem aeroportida ekstremal tarzda qo‘ndi. Daily Mail qo‘nish payti tasvirlangan videoni e'lon qilgan.
Videoda eng yirik A380 avialayneri kuchli shamol tufayli juda qaltis pozitsiyada parvozni amalga oshirayotgani, so‘ng muvaffaqiyatli tarzda qo‘nishini ko‘rish mumkin. Undan oldin xuddi shunday sharoitda EasyJet kompaniyasiga qarashli samolyot ham qo‘nishga harakat qilgan, biroq buning uddasidan chiqa olmagandi.
Eslatib o‘tamiz, dekabr oyi o‘rtalarida Portugaliyaning TAP Portugal aviakompaniyasi uchuvchisi samolyotni qo‘ndirishga urinib ko‘rgani, lekin kuchli shamol tufayli boshqaruvni eplay olmagani va ikkinchi aylanaga ketgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

14:41 / 05.05.2025
O‘zbekiston Fransiyadan 14 ta yangi Airbus samolyotini xarid qiladi

18:39 / 02.05.2025
Boliviyada bortida besh kishi bo‘lgan samolyot g‘oyib bo‘ldi

18:28 / 01.05.2025
Navoiyda kichik samolyotlar ishlab chiqariladi

07:30 / 29.04.2025