Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar ketayotgan avtobus buzilib qoldi, 55 nafar yo‘lovchi evakuatsiya qilindi

Foto: zakon.kz
12 yanvar kuni, mahalliy vaqt bilan soat 14:00da Qozog‘istonning Pavlodar oblasti hududida, «Pavlodar—Astana» avtomobil yo‘lining Aksu tumanidan o‘tgan qismida O‘zbekistonning 55 nafar fuqarosini olib ketayotgan avtobus buzilib qoldi va yo‘lovchilar ushbu texnik nosoz avtobusdan evakuatsiya qilindi.

Zakon.kz manbasi ma'lumotiga ko‘ra, avtobus «Pavlodar—Astana» trassasida, Kalmakan qishlog‘idan 30 kilometr uzoqlikda to‘xtab qolgan. Van Hool rusumli avtobus (davlat raqami 310 DHB 13) Toshkentdan Krasnoyarskka yo‘l olgandi. Yo‘lovchilar orasida ikki bola ham bor.
Aksu shahri akimati (hokimiyat) qisqa vaqt ichida Pavlodar Favqulodda vaziyatlar departamenti kuchlari bilan hamkorlikda yo‘lovchilarni isitish punktiga — «Sputnik» stansiyasi yaqinidagi o‘rta maktab binosiga joylashtirgan, ular oziq-ovqat bilan ta'minlangan, avtobus ta'mirlab bo‘lingunga qadar yashab turish uchun sharoitlar yaratilgan.

Yo‘lovchilarga tibbiy yordam ko‘rsatishga hojat bo‘lmagan.

Qayd etilishicha, ularning avtobusi Pavlodar shahriga ta'mirlash uchun olib borilgan.
Mavzuga oid

12:53 / 12.06.2025
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari boshlandi

00:00 / 10.06.2025
Navoiy viloyati uchun Xitoydan 60 ta avtobus olib kelindi

13:59 / 05.06.2025
Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobusda yong‘in chiqdi

20:22 / 29.05.2025