Xitoyning tashqi savdo aylanmasi rekord qiymatga yetdi

Foto: AFP
Xitoyning tashqi savdo aylanmasi 2018 yil yakunlariga ko‘ra rekord natijani ko‘rsatdi va 4,62 trln dollarga yetdi. Bu qiymat 2017 yilgiga nisbatan 12,6 foiz ko‘proq bo‘lgan, deb ma'lum qildi Xitoy bosh bojxona boshqarmasi vakili Li Kuyven.
“Mamlakatimiz eksporti va importi rekord ko‘rsatkichlarga yetdi. Biz eng yirik savdo davlati bo‘lib qolishimizga umid qilishga asos bor”, deb aytgan Li Kuyven.
Uning aytishicha, Xitoy eksporti 2018 yilda 9,9 foizga o‘sib, 2,14 trln dollarni, importi esa 15,8 foizga o‘sib, 2,14 trln dollarni tashkil qilgan.
Savdo balansining ijobiy saldosi 546,5 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Mavzuga oid

09:39 / 14.05.2025
AQSh Xitoy tovarlariga bojlarni 120 foizdan 54 foizga pasaytiradi

23:29 / 13.05.2025
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi

20:52 / 13.05.2025
Xitoy Ukrainadan Moskvadagi parad vaqtida hujum qilmaslikni so‘ragan

18:45 / 13.05.2025