Ikromjon Aliboyev: “Yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, lekin gol urishning uddasidan chiqolmadik”

Foto: KUN.UZ
BAAda o‘tayotgan futbol bo‘yicha Osiyo kubogining nimchorak finalidan o‘rin olgan Avstraliya – O‘zbekiston o‘yini (0:0, penaltilar seriyasi bo‘yicha 4:2) yakunlangach, mikst zonada O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchisi Ikromjon Aliboyev Kun.uz muxbirining savollariga javob qaytardi.
— O‘yinni avval tashqaridan kuzatdingiz, so‘ngra zaxiradan “qaynagan qozon”ga tashlandingiz, umuman, o‘yindan qoniqdingizmi?
— Avstraliya nafaqat qit'ada, jahon futbolida ham o‘z o‘rniga ega terma jamoa hisoblanadi. Ana shunday terma jamoaga hech bir jihatdan qolishmasdan harakat qildik. Juda ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, lekin gol urishning uddasidan chiqolmadik va uchrashuv taqdiri lotereyaga qoldi va omad raqib tomonda bo‘ldi.
Birinchi navbatda, muxlislardan mag‘lubiyat uchun uzr so‘ramoqchiman. Yaxshi o‘yin ko‘rsatish hali g‘alaba degani emas. Kelgusida bizni qo‘llab-quvvatlashdan charchamasliklarini tilab qolaman. O‘zbekistondan Amirliklarga ataylab kelib, shuncha kunlar mobaynida bizni qo‘llab turgan muxlislarga alohida tashakkur bildirmoqchiman.
Bosh murabbiyimiz juda tajribali inson. Xudo xohlasa hali uning qo‘l ostida katta g‘alabalarga erishamiz.
— Keyingi rejalaringiz qanday?
— Hozir O‘zbekistonga borib olganimdan so‘ng Janubiy Koreyaga ishchi viza to‘g‘rilash ishlari bilan band bo‘laman. “Seul” FK bilan uch yillik shartnoma imzolaganman. Klub Yaponiyada mavsumoldi mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi, avval u yoqqa, mashg‘ulot yig‘inidan so‘ng klub bilan birga Janubiy Koreyaga uchaman.
Mavzuga oid

11:42 / 21.03.2025
O‘zbekiston Qirg‘izistonni kichik hisobda yengib, mundial sari yana bir qadam tashlagan o‘yindan fotojamlanma

17:24 / 12.03.2025
O‘zbekiston milliy jamoasining Qirg‘iziston va Eronga qarshi o‘yin uchun tarkibi e’lon qilindi

18:20 / 31.12.2024
Katanets Iordaniyaga qarshi Qatardagi o‘rtoqlik o‘yini uchun tarkibni e’lon qildi

17:58 / 20.12.2024