Eron prezidenti mamlakati iqtisodiy taranglikni boshdan kechirayotganini tan oldi

Foto: Nazanin Tabatabaee Yazdi / Reuters
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakati o‘zining yangi tarixidagi og‘ir iqtisodiy inqirozni boshdan kechirayotganini aytdi.
“Bugungi kunda davlatimiz bosim va oxirgi 40 yil ichidagi eng og‘ir iqtisodiy sanksiyalar ostida qolmoqda. Ayni vaqtda biz Amerika va uning izdoshlari tomonidan bosimga to‘qnash kelmoqdamiz”, deb aytgan Ruhoniy.
Uning aytishicha, mamlakatning muammolarida “halol hukumat yoki islom tizimi”ning aybi yo‘q, AQSh hukumati esa Eronga qarshi sanksiyalar siyosatini kiritishga urinishda “muvaffaqiyatsizlikka uchragan”.
Prezidentning nutqi Eronda 1979 yil 11 fevralda yakunlangan islom inqilobining 40 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lgan. Ushbu inqilob natijasida mamlakatda monarxiyaga chek qo‘yilgan va islom respublikasi joriy qilingan.
Mavzuga oid

20:45 / 24.04.2025
“Geosiyosat” muloqoti. Ekspertlar bilan savol-javob

23:00 / 21.04.2025
Tehron, Moskva va Rimdagi muzokaralar: Eron yadro dasturi bo‘yicha bitim asoslari chizilmoqda

22:13 / 21.04.2025
Tramp: AQSh va Eron yaxshi muzokaralar o‘tkazdi

09:32 / 21.04.2025