Orol dengizi va Orolbo‘yi hududlarini tiklashga qaratilgan yangi loyiha ishlab chiqilmoqda

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati
2019 yilning 31 yanvar kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida Koreya (Koryo) universiteti rahbariyati vakillarining professor Do Seonom boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya a'zolarini vazirning birinchi o‘rinbosari Sharof Rajabboyev hamda Hududlarga innovatsiyalarni joriy qilish va tadqiq etish boshqarmasi boshlig‘i Mo‘min Tolibov qabul qildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar tarqatgan.
Ma'lum qilinishicha, uchrashuvda professor Do Seonom quyosh energetikasi texnologiyalarini qo‘llagan holda Orol dengizi va Orolbo‘yi hududlarini tiklashga qaratilgan «ASSURE» loyihasi haqida ma'lumot berdi. Shuningdek, ayni kunlarda jahondagi global muammolar bilan shug‘ullanadigan Koreya (Koryo) universitetining GREEN SCHOOL doktorantlari, yetakchi olimlar mazkur loyihani ustida ishlayotganlari to‘g‘risida gapirdi.
Muzokaralar natijasida tomonlar mazkur loyihani hamkorlikda amalga oshirish maqsadida joriy yilning aprel oyida GREEN SCHOOL va Innovatsion rivojlanish vazirligi o‘rtasida memorandum imzolash va loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tuzishga kelishildi.
Mavzuga oid

19:14 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi

21:21 / 05.04.2025
Qozog‘iston O‘zbekistondan sug‘orish uchun 12,6 milliard kub metr suv oldi

19:59 / 05.04.2025
Saida Mirziyoyeva Orol madaniyat sammitida ishtirok etdi

20:00 / 11.11.2022