Xabib Nurmagomedovning bagaji o‘g‘irlab ketildi

UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning bagaji aeroportda o‘g‘irlab ketildi. Biroq sportchi buni kim qilganining tagiga yetgan.
“Do‘stim, bagajimni qaytarib ber. Men seni topib bo‘ldim”, deb yozgan Nurmagomedov instagramda va yukni berish bo‘limidagi videokameralardan olingan suratni ilova qilgan. Suratda o‘g‘rining yuzini ko‘rish mumkin.
Xabib tomonidan e'lon qilingan ikkinchi surat o‘g‘ri kimning bagajini o‘g‘irlayotganini bilganiga ishora qilmoqda, chunki uning qo‘lida sportchining avtobiografiyasi haqida kitob bo‘lgan.
“Axir senga kitob ham sovg‘a qilingandi-ku”, deb ranjigan Nurmagomedov o‘g‘ridan.
Mavzuga oid

22:43 / 23.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?

13:26 / 18.04.2025
Urganch aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha o‘tkazilgan tender g‘olibi aniqlandi

23:08 / 11.04.2025
Yaponiyadagi sun’iy orollarda joylashgan aeroport dengiz ostiga g‘arq bo‘lishi mumkin

21:00 / 11.04.2025