Baykal tubida millionlab tonna neft aniqlandi

Foto: «Mir 24» / Petr Korolev
Sibirlik olimlar Baykal tubida sekin-asta ko‘tarilib, ko‘lning toza suvini bulg‘ayotgan 250-300 million tonna atrofidagi neft borligini aniqlashdi. «Nauka v Sibiri» nashri shu haqida xabar berdi.
Geologiya-minerologiya fanlari doktori Valeriy Moskvinning so‘zlariga ko‘ra, agar mintaqada kuchli zilzila ro‘y bersa, atigi 1,2 ming tonna tabiiy suyuqlikning o‘ziyoq ekologik fojiani yuzaga keltiradi.
Hozircha suvdagi neft bitumlarda yashovchi uglevodorod oksidlovchi Rhodococcus bakteriyalari tomonidan so‘rilmoqda. Biroq zilzila ro‘y bergan taqdirda mikroorganizmlar suv havzasini to‘liq tozalashning uddasidan chiqa olmasligi mumkin.
Mavzuga oid

21:41 / 17.04.2025
Chexiya Rossiya neftiga qaramlikdan qutulganini e’lon qildi

20:44 / 07.04.2025
Kreml neft bozoridagi «o‘ta notinch» vaziyatdan xavotir bildirdi

18:18 / 12.11.2024
Jahonda 10 yil davomidagi tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zarar 2 trillion dollardan oshdi

16:17 / 07.11.2024