Jahon iqtisodiyotiga nisbatan eng katta tahdid Yevropa ekanligi aytildi

Foto: Kai Pfaffenbach / Reuters
Yevropa global iqtisodiy o‘sishga nisbatan eng katta tahdid hisoblanadi. Bloomberg tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda qatnashgan analitik va iqtisodchilar ana shunday xulosaga keldi.
Mualliflarning ta'kidlashicha, bunga bir nechta sabab bor. Eng asosiy sabablardan biri AQShning Xitoy bilan savdo urushi ortidan Germaniya va Fransiyada iqtisodiy o‘sishning sekinlashishidir.
«Agar Fransiya iste'molni, Germaniya esa ishlab chiqarishni to‘xtatsa, Yevrohududni ulkan muammolar kutadi», — dedi Allianz sug‘urta kompaniyasi bosh iqtisodchisi o‘rinbosari Lyudovik Subran.
Shuningdek, Xitoydagi o‘sishning pasayishi ham qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Bundan asosiy bozorini yo‘qotadigan Yevropa kompaniyalari zarar ko‘radi. Italiyaning Fiat va Fransiyaning L'Oreal kompaniyalari allaqachon buni his qila boshladi.
Shunday bo‘lsa-da, analitiklar Yevropada keng miqyosli inqirozning oldini olish mumkinligiga umid qilishmoqda.
Mavzuga oid

14:23 / 17.05.2025
AQSh Yevropadagi qo‘shinlari sonini kamaytirishni ko‘rib chiqmoqchi

23:08 / 06.05.2025
AQSh va G‘arbiy Yevropa aholisining qariyb yarmi Rossiya tufayli uchinchi jahon urushi boshlanishini kutmoqda

19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi

17:57 / 20.04.2025