Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston prezidenti sport avtomobilida o‘z poygachilik mahoratini ko‘rsatdi

Foto: tdh.gov.tm
23 fevral kuni Turkmaniston prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Ichki ishlar vazirligining Avtosport markaziga bordi.
TDX xabariga ko‘ra, ichki ishlar vaziri Iskandar Mulikov Markaz obektlarining ikkinchi bosqichi qurilishi va bu yerda drift uchun barpo etilgan maydon to‘la tayyorligi bo‘yicha Oliy bosh qo‘mondonga hisobot berdi. Shuningdek, u «Rowaç» («Rovach») nomli velosipedni sovg‘a qilgan. Nom rama ustiga yozib qo‘yilgan. Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonda 2018 yil «Turkmaniston - taraqqiyot Vatani» («Türkmenistan – rowaçlygyň Watany») gapi shior sifatida e'lon qilindi.
«Keyin prezident Berdimuhamedov yangi Nissan sport avtomobilini ko‘zdan kechirib, zarur tayyorgarlikdan so‘ng tajribali poygachi mahoratini namoyon etdi va driftda ajoyib darajani ko‘rsatdi», - deya xabar beradi Turkmaniston davlat axborot agentligi.
Mavzuga oid

21:20 / 25.07.2025
Gurbanguli Berdimuhamedov aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagini sportkarda sinovdan o‘tkazdi

08:57 / 24.07.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston dori vositalari ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalar tashkil etadi

07:18 / 08.07.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etadi

15:02 / 30.06.2025