Hindiston javob qaytardi: Pokistonning qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Foto: AFP
Hindiston harbiy-havo kuchlarining ma'lum qilishicha, Pokistonga qarashli bo‘lgan F-16 ko‘p nishonli qiruvchi samolyoti urib tushirilgan. Bu haqda Firstpost nashri yozmoqda.
Bundan oldin, Pokiston harbiy-havo kuchlari mamlakat havo hududiga kirib kelgan Hindistonning ikkita harbiy samolyoti urib tushirilgani haqida xabar bergandi. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, ikki uchuvchi halok bo‘lgan, yana biri asirga olingan.
TASS’ning Pokiston qurolli kuchlari matbuot kotibi general-mayor Asif G‘ofurga asosan xabar qilishicha, «Hindiston harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyotlari mamlakat havo hududini buzib kirgan».
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar 14 fevral kuni sodir bo‘lgan Kashmirdagi teraktdan so‘ng keskinlashdi. Nyu-Dehli Islomobodni hujum uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olgan «Jayishi Muhammad» guruhini qo‘llab-quvvatlashda aybladi.
Mavzuga oid

18:43
OAV Hindistondagi aviahalokatdan bir kishi omon qolgani haqida xabar berdi

17:07
Shavkat Mirziyoyev samolyot aviahalokati yuzasidan Hindiston rahbariyatiga ta’ziya bildirdi

14:03
Hindistonda Londonga uchayotgan samolyot quladi. Asosiy ma’lumotlar

19:08 / 09.06.2025