Pokiston asirga olingan hind uchuvchisini vataniga qaytarmoqda

Foto: Radio Pakistan
Pokiston 27 fevral kuni havo jangidan so‘ng asirga tushgan hindistonlik uchuvchini qaytarib beradi. OAV ma'lumotiga ko‘ra, uchuvchi hozirda Hindiston elchixonasida bo‘lib, bir necha soatdan so‘ng Vagax chegara maskanida uni topshirish jarayoni bo‘lib o‘tadi.
Xabarlarga ko‘ra, 27 fevralda Hindiston va Pokiston harbiy aviatsiyasi o‘rtasida yuz bergan havo jangida umumiy hisobda 32 ta harbiy samolyot ishtirok etgan.
Ma'lum qilinishicha, Pokiston samolyotlari Kashmirdagi tutashuv chizig‘i bo‘ylab joylashgan harbiy obektlar yaqinidagi hududni bombardimon qilgandan keyin hind uchuvchilari tomonidan ta'qib qilingan.
Hindiston aviatsiya bo‘limi komandiri Abxinandan Vartxaman R-73 raketasi bilan F-16’ga hujum qilgan, biroq uning MiG-21 samolyoti AIM-120 AMRAAM raketasi tomonidan zarbaga uchragan. Vartxaman katapulta qilgan, biroq pokistonliklar tomonidan qo‘lga olingan.
Mavzuga oid

02:00
Hindiston va Pokiston munosabatlari taranglashdi

13:32 / 25.04.2025
Apple AQSh bozori uchun iPhone ishlab chiqarishni Hindistonga ko‘chirmoqchi

11:19 / 25.04.2025
Pokiston va Hindiston harbiylari chegarada to‘qnashdi

22:02 / 24.04.2025