Superliga. «So‘g‘diyona» «Bunyodkor»ni yengdi. Jizzaxliklar birinchi o‘rinda

Jizzaxda Superliga 1-turining «So‘g‘diyona» hamda «Bunyodkor» klublari o‘rtasidagi o‘yini yakunlandi. Nihoyat 1-turda biror jamoa g‘alaba qozondi.
O‘tgan mavsum Superligada zo‘rg‘a «jon saqlab qolgan» «So‘g‘diyona» yangi mavsumni g‘alaba bilan boshladi. 23-daqiqada jizzaxliklar klubi Doston Toshmatovning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. 63-daqiqada «Bunyodkor» safida zaxiradan maydonga tushgan Sanjar Qodirqulov muvozanatni tikladi.
Biroq 90-daqiqada «qaldirg‘ochlar» himoyada xatoga yo‘l qo‘yishdi va bu xatodan foydalangan Sanjar Rashidov to‘pni olib qo‘yib, qulayroq vaziyatda turgan sherigiga uzatdi. Darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib borgan Oybek Nurmatov esa imkoniyatni ko‘kka sovurmadi va «So‘g‘diyona»ga g‘alaba keltirdi.
Bungacha Superliganing 5 o‘yinida ham durang qayd etilgandi: «Qizilqum» – «Andijon» (1:1), «Dinamo» – «Nasaf» (1:1), OKMK – «Buxoro» (0:0), «Surxon» – «Metallurg» (1:1) hamda «Navbahor» – «Qo‘qon-1912» (1:1) o‘yinlarida ham g‘olib aniqlanmagandi.
1-turda hozircha faqat «So‘g‘diyona» g‘alaba qozondi va jizzaxliklar birinchi o‘ringa chiqib olishdi. 1-turni «Paxtakor» hamda «Lokomotiv» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlab beradi.
Superliga-2019
1-tur
«So‘g‘diyona» – «Bunyodkor» 2:1
Gollar: Doston Toshmatov (23), Oybek Nurmatov (90) – Sanjar Qodirqulov (63).
So‘g‘diyona: Milan Mitrovich, Iskandar Shoyqulov, Elyor Orifov, Kaxi Maxaradze, Nuriddin Hasanov, Sanjar Rashidov, Siroj Meliyev, Shohruz Norxonov (Izzat Abdullayev, 72), Doston Toshmatov (Oybek Nurmatov, 69), Muhammadali Yo‘ldoshev, Shahboz Jo‘rabekov.
Bunyodkor: Murod Zuhurov, Islom Qobilov, Sergey Proxorov, Dilshod Ahmadaliyev, Jasur Jaloliddinov, Xurshid G‘iyosov, Javohir Qahramonov (Sanjar Qodirqulov, 62), Mirjahon Mirahmadov, Nurillo To‘xtasinov, Ulug‘bek Abdullayev, Abdulla Abdullayev.
Turnir jadvalidagi holat
Mavzuga oid

14:08 / 14.04.2025
«Paxtakor» yana yutqazdi, peshqadam yana o‘zgardi

14:40 / 07.04.2025
«Paxtakor» «So‘g‘diyona»ga ham yutqazdi, «Bunyodkor» birinchi o‘rinda

08:16 / 24.03.2025
Bunyodkor shohko‘chasida Tracker-2 va Damas to‘qnashdi

17:43 / 30.11.2024