Sport | 16:59 / 11.03.2019
7201
2 daqiqa o‘qiladi

Shota Arveladze: «Keyingi safar matbuot anjumaniga uch futbolchi bilan kelaman»

Ertaga 12 mart kuni Toshkentning «Paxtakor» klubi Osiyo Chempionlar Ligasi 2-turi doirasida o‘z maydonida Saudiya Arabistonining «Al Ahli» klubini qabul qiladi. Bugun har ikki jamoaning murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Anjumanning birinchi qismida «Paxtakor» ustozi Shota Arveladze qatnashdi.

«Raqibning barcha chiziqlari yaxshi shakllangan. Ayniqsa hujum chizig‘i. Chempionat o‘yinlarini kuzatsangiz, ular har o‘yinda kamida ikkita gol urishadi. Raqibimiz safida alohida biror futbolchini ajratib ko‘rsatmagan bo‘lardim, ularda jamoa kuchli.

Futbolchilarim jismoniy jihatdan eng yaxshi holatda deb ayta olmayman, lekin o‘yinga barcha futbolchilar tayyor. Jarohati bor yigitlar ham safga qaytishgan.

Javohir Siddiqovning kelishi shubhasiz, jamoamizni kuchaytirdi. U bir nechta chiziqda samarali o‘ynay olishi mumkin bo‘lgan yaxshi futbolchi. Umid qilamanki, biz Javohirning imkoniyatlaridan foydalana olamiz.

Image

Nega men bilan matbuot anjumaniga doim Krimets keladi? Chunki u jamoa sardori, yetakchi. Agar boshqa futbolchini xohlasangiz, mayli keyingi safar boshqa futbolchi bilan kelaman. Xohlasangiz, keyingi safar matbuot anjumaniga uch futbolchi bilan kelaman (kuladi).

«Paxtakor» - «Lokomotiv» o‘yini nega ko‘chirildi? Bu o‘zbek futboli uchun qabul qilingan qaror. O‘yinni men uchun emas, o‘zbek futboli uchun ko‘chirishdi»,- deydi Arveladze.

Eslatib o‘tamiz, «Paxtakor» - «Al Ahli» o‘yini ertaga, 12 mart kuni soat 18:00da «Paxtakor» stadionida boshlanadi.

Mavzuga oid