Surxondaryodagi bozorda fuqaroni qaychi bilan jarohatlagan shaxs ushlandi
2019 yil 12 mart kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashovchi A.K. Qumqo‘rg‘on tumani Boymoqli mahalla hududida joylashgan dehqon bozorida o‘zaro janjal oqibatida fuqaro O.M.ning qorniga qaychi bilan urib jarohat yetkazgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada O.M. kasalxonaga yotqizilgan. A.K. ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi axborotda.
Mavzuga oid

17:32 / 29.04.2025
Sariosiyo aeroporti birinchi texnik reysni qabul qildi

22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi

23:16 / 11.04.2025
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi

15:35 / 09.04.2025