Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘ztreyd» boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etildi

Foto: O‘ztreyd
Vazirlar Mahkamasining “O‘ztreyd” aksiyadorlik jamiyatiga aloqador yangi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Doniyor Sodiqovich Qodirov “O‘ztreyd” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi lavozimidan ozod qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov 2019 yil 27 mart kuni bu haqdagi tegishli hujjatni imzolagan.
Eslatib o‘tamiz, Doniyor Qodirov 2018 yilning 16 iyun kuni “O‘ztreyd” boshqaruvi raisi etib tasdiqlangandi.
D.Qodirov undan avval “O‘zagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Ma'lumot uchun: “O‘ztreyd” AJ 2017 yil 26 maydagi prezident qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotish bo‘yicha yangi bozorlarni izlash va o‘zlashtirish hisoblanadi.
Mavzuga oid

18:34 / 14.07.2025
Doniyor Qodirov prezident maslahatchisi lavozimidan ketdi

16:30 / 25.08.2023
Prezident administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

07:54 / 30.01.2021
Doniyor Qodirov prezident maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlandi

17:57 / 23.03.2020