Rim papasi Messini ilohiylashtirmaslikka chaqirdi

Foto: AFP/Getty Images
Rim papasi Fransisk «Barselona» hujumchisi Lionel Messiga nisbatan ishlatiluvchi ba'zi e'tiroflarga munosabat bildirdi.
«Nazariy tomondan Messini xudo deyish – kufr keltirish demakdir. Bunday gaplarni gapirish va bunga ishonish mumkin emas. Masalan, men bunga ishonmayman. Futbolchining o‘yinlaridan zavq olish mumkin, ammo unga sig‘inmaslik kerak. Messi juda yaxshi futbolchi, lekin u xudo emas», – degan Fransiskning so‘zlarini keltirmoqda Marca.
Qayd etish joiz, 82 yoshli pontifikning o‘zi ham futbolga befarq emas. U Argentinaning «San-Lorenso» klubiga muxlislik qiladi.
Mavzuga oid

10:44 / 23.04.2025
Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni Markaziy Osiyoga tashrifini kechiktirdi

01:05 / 22.04.2025
Vatikan Rim papasining o‘limi sababi va uning vasiyatini e’lon qildi

16:14 / 21.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Rim papasi Fransiskning vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

13:30 / 21.04.2025