Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda litsenziyali taksichilar soni ma'lum qilindi
Bugun, 3 aprel kuni, Xalqaro Press-klubning «O‘zbekistonda yo‘lovchi tashishning yangi tartiblari: zamonaviy yondashuvlar va muammolar tahlili» mavzusidagi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Transport vazirligi departament boshlig‘i Ruslan Ro‘zmetovning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda haydovchi litsenziyani bir kunda masofadan turib olishi mumkin.
«Hozirda litsenziyali taksichilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratilgan. Ularga to‘xtash mumkin emas joylarda vaqtincha to‘xtashga ruxsat etiladi hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘zlariga yaqin hududdan maxsus litsenziya olish imkoniyati yaratilgan», - dedi u.
Ro‘zmetovning aytishicha, 2017 yilda O‘zbekistonda 17 900, 2018 yilda 24 700 nafar litsenziyali taksichilar bo‘lgan.
«Agar taksi haydovchilari qonuniy faoliyat yuritmoqchi bo‘lishsa, ularga barcha shart-sharoit yaratilgan. Haydovchi litsenziyani bir kunda masofadan turib olishi mumkin», - deydi Ruslan Ro‘zmetov.
Mavzuga oid

17:36 / 02.07.2025
O‘zini o‘zi band qilgan taksichilar uchun soliqni agregatorlar to‘laydi

12:48 / 15.06.2025
Transport vaziri gapi hukumat qarorini to‘xtatib qo‘ya oladimi? -taksichilar istalgan hududda ishlash erkinligi cheklanganicha qolmoqda

19:48 / 13.06.2025
Viloyatliklar ham Toshkentda taksichilik qila oladi - transport vaziri

21:27 / 12.06.2025