Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda tungi klubda ko‘ngilxushlik qilib, so‘ng poyga uyushtirgan shaxslar pensioner ayolning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Foto: KUN.UZ
Toshkentda bir necha yigitning poyga uyushtirishi pensioner ayol o‘limiga olib keldi. Bu haqda IIBB xabarida aytiladi.
YTH 29 mart kuni poytaxtning Shayxontohur tumanida taxminan soat 6:20larda sodir bo‘lgan.
IIBB xabariga ko‘ra, 20-25 yoshlar atrofidagi bir necha shaxslar Chilonzor tumanida joylashgan tungi klublarning birida ertalabgacha ko‘ngilxushlik qilishadi va to‘satdan o‘zaro nizo kelib chiqadi.
Shundan so‘ng taraflarning bittasi mashinasiga o‘tirib voqea joyidan ketadi. Lekin uning orqasidan tortishuvni yakuniga yetkazib qo‘yish uchun katta tezlikda ketayotgan yoshlarning qilgan noto‘g‘ri harakatlari sababli Samarqand Darvoza va Alisher Navoiy ko‘chalarining kesishmalarida jiddiy yo‘l-transport hodisasi, ya'ni, yengil avtomashinasi bilan yo‘lovchi tashish marshrutkasini to‘qnashishi natijasida bekatda turgan yo‘lovchining ustiga marshrutka ag‘dariladi.
Bu hodisa tufayli 62 yoshli ayol hayotdan ko‘z yumgan, shuningdek, bir necha inson og‘ir tan jarohati olgan.
Mavzuga oid

23:59 / 25.07.2025
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda

18:40 / 25.07.2025
Vazir o‘rinbosari Toshkentning bosh rejasi o‘zgarishini rad etdi. Lekin aks bayonotlar va loyihalar ko‘p

17:48 / 25.07.2025
Toshkentda 670 mingdan ortiq xonadonga aqlli suv hisoblagichlar bepul o‘rnatiladi

22:49 / 24.07.2025