Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arxivlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish taklif etildi

Foto: thebestartt.com
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida arxiv hujjatlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish haqida petitsiya e'lon qilindi.
Bildirilishicha, bugungi kunda arxiv hujjatlari bilan ishlashda tizimli muammolar mavjud. Xususan, yo‘qolgan hujjatlarni qayta tiklash, nafaqaga chiqishda talab qilingan hujjatlarni yig‘ish, ta'lim muassasalarida o‘qiganlik bo‘yicha hujjatlarni tiklash (diplom, diplomga ilova va shahodatnomalarni dublikat qilish) uchun ko‘p vaqt talab etiladi.
“Masalan, Xorazm viloyatidan diplom dublikatini olish uchun Toshkentga 2 marta kelib ketish anchagina xarajatlarga sabab bo‘lishi hammaga birdek ayon”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Yuqoridagi kabi ovoragarchiliklarning oldini olish maqsadida ta'lim muassasalari arxivi tomonidan pochta xizmati orqali diplom dublikatlari va boshqa turdagi hujjatlarni yetkazish uchun pulli xizmatlar ko‘rsatilishiga ruxsat berilish bo‘yicha taklif bildirilgan.
Qayd etilishicha, buning uchun mazkur masala atroflicha o‘rganilib, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi lozim.
Mavzuga oid

08:32 / 02.08.2025
Bojxona sohasida tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi

14:12 / 28.04.2025
Qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni tezkor tekshirish mexanizmi joriy etiladi

16:47 / 24.01.2025
Toshkent propiskasi tarixga aylanadi: fuqarolar turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda onlayn murojaat qilish imkoni yaratilmoqda

10:03 / 02.09.2024