O‘zbekiston | 11:04 / 17.04.2019
4898
2 daqiqa o‘qiladi

Mahalla raislari sayloviga oid qonun hujjatlari to‘plami chop etiladi

Foto: Samgtu.ru

Vazirlar Mahkamasining Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalari faoliyatining samarali tashkil etilishini ta'minlash maqsadida farmoyishi qabul qilindi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashining “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) sayloviga oid qonun hujjatlari to‘plami”ni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Adolat” huquqiy axborot markazi” davlat unitar korxonasida chop etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq to‘plamni chop etish xarajatlari uchun zarur mablag‘larni Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan ajratilishini ta'minlaydi.

“O‘zbekiston Respublikasining fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) sayloviga oid qonun hujjatlari to‘plami”ning fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.

Bundan oldin, O‘zbekistonda mahalla raislari sayloviga tayyorgarlikda qator kamchiliklar mavjudligi ma'lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid