Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parkent tumanida piyodani urib qochib ketgan haydovchiga 5,5 yil muddatga qamoq jazosi berildi

Illyustrativ foto
Shu yilning 30 yanvar kuni soat taxminan 22:30larda davlat raqam belgisi noma'lum bo‘lgan “Lasetti” avtomobili haydovchisi “Qiziltog‘-Parkent-Yangibozor” yo‘li bo‘ylab Zarkent qishlog‘i tomondan Parkent shahri tomonga harakatlanib ketayotganda yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda A.N.ni urib yuborib, voqea joyidan yashiringan. Natijada 1996 yilda tug‘ilgan A.N. olgan tan jarohatlari bilan tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Ushbu holat yuzasidan ish Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Parkent tumani sudi tomonidan ko‘rib chiqildi va ayblanuvchi Saidkarim Mirsaidovga nisbatan hukm o‘qildi.
Ayblanuvchi O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi va 117-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarda aybli deb topilib, unga besh yilu olti oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Shuningdek, Saidkarim Mirsaidov uch yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etildi.
Rustam Asqarov,
Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot guruhi inspektori.
Mavzuga oid

15:10 / 31.07.2025
Yakkabog‘da haydovchilar o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqdi

09:25 / 28.07.2025
Parkentda Koreya andozalari asosida "Chashma" etno qishlog‘i tashkil etildi

17:11 / 22.07.2025
“Hayp uchun qildim” - Avtosalon rahbari sinov maqsadida xodimlarining ustiga mashina haydadi

12:30 / 19.07.2025