Tula yaqinida pichoqlangan o‘zbek ayoli Rossiya fuqarosi bo‘lgan

Foto: Videodan kadr
Avval xabar berilganidek, 28 aprel kuni Tula oblastining Uzlovaya shahridagi «Pyaterochka» supermarketida rossiyalik 34 yoshli Andrey.K 33 yoshli Umida ismli kassir ayolga hujum qilib, pichoq bilan 20ga yaqin jarohat yetkazgan. Ayol kasalxonada hayotdan ko‘z yumgan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining aniqlashicha, jabrlangan ayol 1986 yilda tug‘ilgan asli o‘zbekistonlik, ammo hozirga qadar Rossiya fuqaroligida bo‘lgan Umida Zurayevna Egamurotova bo‘lgan. Jinoyatchi qo‘lga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Umida Egamurotovaning oila a'zolariga chuqur ta'ziya izhor etgan. Shuningdek, marhuma Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bo‘lishiga qaramasdan, vatandosh sifatida tashkiliy masalalarda kerakli amaliy yordamini ko‘rsatishga tayyor ekanligini bildiradi.
Mavzuga oid

10:07 / 29.04.2025
Rossiyada mehnat migrantlari uchun o‘z maqomini qonuniylashtirish muddati uzaytirildi

20:56 / 20.04.2025
Tataristonda og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi

23:04 / 16.04.2025
Rossiyada ijaraga berilgan kvartiradan to‘rt nafar o‘zbekistonlikning jasadi topildi

17:05 / 16.04.2025