Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda jarrohlar 14 ta barmoqli qizning qo‘llarini to‘g‘rilashdi

Xitoyda 14 ta qo‘l barmog‘i bilan tug‘ilgan 3 yoshli qiz operatsiya qilindi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Qizchaning har bir qo‘lida 2 tadan ortiqcha barmoq bo‘lgan. Bundan tashqari, panjalar bir-biridan farq qilgan: chap qo‘ldagi ikkita barmoq chatishib ketgan bo‘lgan, o‘ng qo‘ldagi ortiqcha barmoqlar esa boshmaldoqdan o‘sib chiqqan. Ta'kidlanishicha, qizchaning oilasida bunday nuqson 5 avlod davomida kuzatilgan.
Qizchani operatsiya qilgan jarrohning aytishicha, bunday muammoli odamlar ularga ko‘p kelmaydi.
“Operatsiya qaysi barmoqlarni saqlab qolish, qaysilarini esa olib tashlash tushunarsiz bo‘lgani sababli qiyinchilik tug‘dirdi”, deb aytgan jarroh.
Shifokorlar va qizning yaqinlari qilingan ishdan mamnun qolganlar. Mutaxassislarning aytishicha, operatsiya qizchaning qo‘lini risoladagidek ko‘rinishga keltirgan va motorikasiga ta'sir qilmagan.
Mavzuga oid

23:25 / 01.08.2025
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi

08:10 / 01.08.2025
AQSh: Xitoyning Rossiya neftini sotib olishi 100 foizlik bojga sabab bo‘lishi mumkin

07:41 / 01.08.2025
Xitoy O‘zbekistonda 500 mln dollarlik investitsiya fondi tashkil etishni taklif qildi

18:33 / 31.07.2025