Moskva hibsga olingan ukrainalik dengizchilarni Kiyevga berish haqidagi talabga javob qaytardi

Foto: Aleksey Malgavko / RIA Novosti
Moskvaning Kerch bo‘g‘ozida yuz bergan hodisaga nisbatan pozitsiyasi o‘zgarmaydi va hibsda bo‘lgan ukrainalik dengizchilarning taqdiri tergovning borishi va sud qaroriga bog‘liq. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.
«Pozitsiya o‘zgarmaydi. Chegara buzish bilan bog‘liq ish bo‘yicha tergov yakunlanishi va sud bo‘lib o‘tishi lozim», — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil noyabrda Ukraina HDKning uchta kemasi Rossiya chegarasini buzib kirgan va xavfli manyovrlarni sodir etgan.
Chegarachilar kemalarni hibsga olgan. Kemalarda 24 nafar harbiy, jumladan, Ukraina xavfsizlik xizmatining ikki nafar xodimi bo‘lgan.
Avvalroq BMT qoshidagi dengizchilar huquqini himoya qiluvchi xalqaro tribunal Rossiyadan ukrainalik dengizchilarni qo‘yib yuborishni talab qilgandi.
Mavzuga oid

07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi

14:35 / 08.05.2025
Moskvada yashovchilar banklar, do‘konlar va taksilar ishida uzilishlarga duch kelmoqda

12:41 / 08.05.2025