Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Lizing ishi». Yakkasaroy tuman sudida salkam 3 milliard so‘mlik firibgarlik ishi bo‘yicha hukm chiqarildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi tomonidan lizing shartnomasi asosida avtomashina berishda firibgarlik qilish bo‘yicha jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, hukm e'lon qilindi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, jami 2 milliard 713 million so‘mdan ortiq summa miqdoridagi sud ishi yuzasidan hukm chiqarilgan.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi A.X. Jinoyat Kodeksining 168-moddasining 4-qismi «a» bandi bilan aybli deb topilib, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi. Jazo qismi o‘qib eshittirilgandan so‘ng, jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararlar miqdori va ularni undirish tartibi belgilanganligi aytilgan.
Hukmdan norozi taraflar tegishli muddat ichida shikoyat berish tartibi tushuntirilgan.
Bundan avvalroq mazkur sud ishiga oid berilgan xabarda, sudlanuvchi lizing va sublizing shartnomalari asosida avtomobilni fuqarolarga topshirish va'dasini berib, yakunda o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani haqida aytilgandi.
Mavzuga oid

14:39 / 24.07.2025
Mubashshir Ahmadga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudga oshirildi

16:14 / 17.07.2025
Soliq nizolarini hal qilish vaqti qisqaradi

12:04 / 16.07.2025
Rossiyada diversiya ishi bo‘yicha sudlangan 13 kishidan 3 nafarining muddati qisqartirildi

14:34 / 14.07.2025