Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Medvedev O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmi 10 mlrd dollargacha yetkazilishini aytdi

Foto: Aleksandr Astafev / TASS
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning aytishicha, yaqin vaqt ichida O‘zbekiston bilan ikki tomonlama savdo hajmi 10 mlrd dollargacha yetkaziladi. U bu haqda hukumatlar rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning birinchi yig‘ilishida aytdi.
"Aytib o‘tganimdek, savdo aylanmasi 20-25%ga oshdi, 4,5 mlrd dollarga yetdi", - dedi u.
Medvedevning aytishicha, bu MDH davlatlari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir.
"Ijobiy o‘sish bu yil ham saqlanb qoladi, shu bois savdo aylanmasini 10 mlrd dollarlik ko‘rsatkichga olib chiqish vazifasi qo‘yilgan", - dedi Rossiya bosh vaziri.
Eslatib o‘tamiz, Bugun, 30 may kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dmitriy Medvedevni qabul qildi. O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda o‘zaro aloqalar va almashinuvlar faollashgani alohida ta'kidlandi.
Mavzuga oid

13:18 / 02.08.2025
Tramp: «Medvedevga aytinglar, tilini tiyib yursin»

23:12 / 01.08.2025
Tramp Medvedevning so‘zlaridan keyin ikkita yadroviy suv osti kemasini yuborishni buyurdi

19:09 / 31.07.2025
Tramp va Medvedev ijtimoiy tarmoqlarda tortishib qoldi

07:34 / 26.06.2025