Adliya vazirligi vakili: «Fara»lar masalasida hamma bir yoqadan bosh chiqardi»

Bugun, 7 iyun kuni Poytaxt biznes markazida jamoatchilik tomonidan ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan avtomobillarning kunduzi chiroq yoqib yurish bo‘yicha qonun normasini amalga kiritish kechiktirilganiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish tashabbuschisi bo‘lgan adliya vazirligi matbuot xodimi Sevara O‘rinboyeva o‘z nutqi bilan tadbirni ochib berdi.
«Hammani kirib kelgan Ramazon hayiti bilan tabriklaymiz. So‘nggi ikki haftada ushbu mavzu jamoatchilik tomonidan qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Aytish mumkinki, guruhlar ikki tomonga bo‘lindi. Kimdir haydovchilar tarafida, kimdir davlat tashkilotlari tarafida bo‘ldi. Hamma bu masala bo‘yicha munozaralarda birdek qatnashdi. Oxir-oqibat jamoatchilik fikri inobatga olindi», deydi u.
Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Hayotjon Qilichov va IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xodimi, mayor Azizxon Murodov savollarga javob berishdi. Ko‘plab savollar taklif sifatida yozib olindi.
«Ko‘plab avtomobillar yonib ketishi kuzatilayotgani bo‘yicha e'tirozlar bo‘ldi. «Adliya vazirligi bu masalani o‘rganib chiqqanmi?», degan savollar berildi. Aytishim mumkinki, Adliya vazirligi normativ hujjat qabul qilinishidan oldin huquqiy ekspertiza o‘tkazadi. Ya'ni, boshqa qonun hujjatlariga zid bo‘lmasligi va antikorrupsiyaviy holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazamiz. Ushbu qaror qabul qilinganidan keyin avtomashinalar yonib ketishi, shu turdagi texnik masalalar oldin bunday tartib bo‘lmagani sababli kuzatilmagan. Mazkur qaror qabul qilinganidan so‘ng, jamoatchilik tomonidan e'tiroz bo‘lgani sababli masala o‘rganib chiqildi. Normativ hujjat qabul qilinishida Adliya vazirligi bunday texnik masalalarni o‘rganib chiqish bilan shug‘ullanmaydi. Adliya qonunchilik nuqtai-nazaridan ekspertiza o‘tkazadi. Masala yuzasidan deputatlar tashabbus bilan chiqishdi, Adliya vazirligi ishchi guruh bilan o‘rganib chiqdi, barcha bir yoqadan bosh chiqarib hukumat qarori chiqarildi», deydi Hayotjon Qilichov.
Tadbir davomida O‘zbekistonda bunday qarorlar qabul qilishda jahon standartlarini olish bilan birga O‘zbekistondagi yo‘llar jahon standartlariga to‘g‘ri kelmasligi bo‘yicha e'tiroz bildirildi.
«Bu qoidadan jahon voz kechdi deyish noto‘g‘ri bo‘ladi. Bu orqadan yoki oldindan kelayotgan avtomobil uchun hushyorlikni oshirish uchun belgilangan. Avtomobil yong‘ini bo‘yicha aytadigan bo‘lsak, avtomobili yonib ketgan insonlarning oldiga borib so‘rasangiz hammasi qaror sababli deydi. Chunki, o‘ziga xos xarakterimiz shunday.
Yo‘l masalasida aytadigan bo‘lsak, sizning jurnalistik surishtiruv o‘tkazish huquqingiz bor. Shaxsiy fikrimni aytsam, har bir qonun qabul qilinayotgan vaqtda tag zamirida insonparvarlik tamoyili yotadi», deydi bu savollarga javoban adliya vakili.
«Transport vositalarining yonib ketishi chiroqni yoqib yurish bilan bog‘liq emas. Bu texnik konstruksiyasiga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirgan simlarning qisqa tutashuvi sababli sodir bo‘lmoqda. Toshkent shahar Yong‘in boshqarmasi xabariga ko‘ra, 2018 yilda jami 67ta avtomobil yong‘ini sodir bo‘lgan. Yong‘inlar bugungacha ham bo‘lgan, bunday keyin ham bo‘ladi. Bu yil hisobida 16ta holat sodir bo‘lgan. Elektr simlari, yoqilg‘i tizimi nosozliklari sabab bo‘lgan. Chiroqlar sabab bo‘lgan holat qayd etilmagan», deydi ichki ishlar xodimi Azizxon Murodov.
Jurnalist ruxsatsiz oyna qoraytirish va pardalar ilish jarimasi juda qimmatligi, bunday cheklovlar insoniylikka ham to‘g‘ri kelmasligi xususida e'tiroz bildirdi.
Tadbir davomida qo‘llanib bo‘lingan jarima bayonnomalari xususida savollar berildi. Ichki ishlar xodimi bu jarimalar qaytarilmasligini ta'kidladi. Bu javobga qo‘shimcha sifatida adliya vakili fikr bildirdi.
«Ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib jarimalar to‘lanmagani holatida qonun hujjati agar yengillashtirish holati bo‘lsa ortga qaytish kuchiga ega. Mazkur holat shunday yengillashtiruvchi sifatida olinadi va jarimalar bekor qilinadi. Jarima belgilandi, biroq ish boshlanmagan yoki tugatilmagan bo‘lsa, jarimaga tortilmaydi.
To‘lanmaslik masalasiga tushuntirish bermoqchiman. Agar ma'muriy bayonnoma bo‘yicha jarima to‘lansa, ish tugatilgan bo‘ladi», deydi adliya vakili.
Mavzuga oid

11:28 / 08.04.2025
Korrupsiyaviy jinoyatlar Adliya vazirligi tizimida 22 foizga, hokimliklarda 43 foizga kamaydi – Antikorrupsiya agentligi

10:10 / 04.04.2025
Tasvirga olish uchun rozilik olish talabi OAV faoliyatiga qanday ta’sir qiladi? Adliya vazirligi izohi

16:09 / 18.03.2025
Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

16:18 / 07.03.2025