YeI Anqara bilan bojxona ittifoqi to‘g‘risidagi kelishuv bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatib qo‘yishi mumkin
Agarda Turkiya Kipr yaqinidagi bahsli suvlarda uglevodorod konlarini qazish ishlarini to‘xtatmasa, Yevroittifoq Anqara bilan bojxona ittifoqi to‘g‘risidagi kelishuvni yangilash bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Bu haqda Euobserver xabar berdi.
Xabar qilinishicha, "YeI Kipr bilan to‘liq bahamjihatlikda javob qaytarishga tayyor ".
Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu Turkiya O‘rtayer dengizining sharqiy qismidagi uglevodorod konlarida xalqaro huquqqa mos ravishda qazish ishlari olib borayotganini bildirgandi.
Kiprning alohida iqtisodiy hududida gaz konlari topilgan bo‘lib, Turkiya o‘zini hududdagi tabiiy boyliklardan foydalanish huquqiga ega deb hisoblaydi.
Gretsiya TIV Turkiyadan bu hududda qazish ishlarini to‘xtatishni talab qilgan.
Mavzuga oid

23:20 / 23.04.2025
Lavrov: Rossiya YeIning Markaziy Osiyoda hukmronlik o‘rnatishga bo‘lgan urinishlariga qarshi

19:01 / 23.04.2025
Shimoliy Kipr va turkiy birlik: ziddiyat emas, tadrijiylik

17:55 / 18.04.2025
Yevroittifoq Rossiya aviakompaniyalari uchun o‘z osmonini ochishdan bosh tortdi

09:20 / 18.04.2025