Makron Trampni Eronga qarshi sanksiyalardan qisman voz kechishga ko‘ndirmoqchi

Foto: EPA
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Osakadagi G20 sammitida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bo‘ladigan uchrashuvida uni Eronga qarshi ayrim sanksiyaviy choralardan voz kechishga ko‘ndirmoqchi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
"Men Trampni uning manfaatlari uchun muzokaralar jarayonini qaytadan boshlash va ayrim sanksiyalardan voz kechishga ko‘ndirmoqchiman", - dedi u jurnalistlarga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tehron va Vashington o‘rtasidagi Eron yadroviy dasturini muhokama qilish uchun bir necha oy talab qilinishi mumkin.
Seshanba kuni Makron Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan telefon orqali muloqot qildi. Ular o‘zaro muloqot chog‘ida mintaqadagi xavfli vaziyatni yumshatish masalasini muhokama qilgan.
Mavzuga oid

17:45 / 09.06.2025
Erondagi 25 shaharda itlarni ko‘chada sayr qildirish taqiqlandi

18:56 / 06.06.2025
Eron ballistik raketalar uchun Xitoydan «ming tonna material» buyurtma qildi

13:02 / 06.06.2025
O‘zbekiston Eron portiga sarmoya kiritib, maxsus terminal quradi

19:55 / 05.06.2025