Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1,4 kilogramm kumushni olib o‘tish rejasi chippakka chiqdi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan qimmatbaho metallarni bojxona chegaralaridan yashirincha olib o‘tishga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi vakillari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda “Shovot” chegara bojxona postida tezkor tadbir o‘tkazishdi. Tadbir davomida fuqaro X.M.ning sumkasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, sumka ichidan 24,3 million so‘mlik umumiy og‘irligi 1354,7 gramm bo‘lgan 339 dona kumush taqinchoqlar borligi aniqlandi.
Shuningdek, mazkur bojxona posti orqali mamlakatga piyoda kirib kelgan fuqaro E.Sh.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Natijada, uning kiyimlari orasiga xufiyona tarzda yashirilgan, umumiy og‘irligi 66,2 gramm kumush taqinchoqlar borligi fosh etildi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid

13:45 / 26.07.2025
Toshkent viloyatida 180 ta iPhoneʼni yashirin olib o‘tayotganlar ushlandi

16:05 / 23.07.2025
Bojni iste’molchi to‘lamoqda. Noqonuniy importga zarba iPhone narxlarini oshirdi

20:16 / 18.07.2025
O‘zbekiston Janubiy Koreya bojxonachilariga 6 bosh xizmat itini yetkazdi

12:29 / 18.07.2025