Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalq ta'limi vazirligi Namanganda o‘qituvchilar beton quyishga jalb etilish holatini nazoratga oldi

Xalq ta'limi vazirligi Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida joylashgan 54 ta maktab o‘qituvchilarini majburiy mehnatga jalb etilganligi haqidagi xabarlarni o‘rganmoqda. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Vazirning Huquqiy-nazorat xizmati xodimlari mazkur xabarlarni o‘rganib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida ushbu vaziyatga yo‘l qo‘yganlarga chora ko‘radi.
“Xalq ta'limi vazirligi o‘qituvchilarning shikoyatlarini qabul qiluvchi virtual inspektorni ishga tushirgan. O‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb etilganida, huquqlari buzilganda yoki turli to‘lovlarga majburlangan holatlarda ovoz.uzedu.uz sayti yoki +998 99 988 10 06 telefoni va telegram raqamiga murojaatlarini yuborishlari mumkin”, - deyiladi xabarda.
Bundan avvalroq 29 iyun kuni Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida bir guruh o‘qituvchilar beton quyish ishlariga majburiy jalb etilgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid

22:40 / 26.07.2025
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti

16:19 / 23.07.2025
Namanganda sigir yosh bolani suzib, o‘ldirib qo‘yishiga sal qoldi

10:46 / 18.07.2025
18 nafar talabani imtihondan o‘tkazib berishini va’da qilgan universitet o‘qituvchisi ushlandi

13:40 / 16.07.2025